Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Raxmanovning xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqoti o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuvda xorijda yurgan 40 ga yaqin fuqarolar qatnashdi.
Muloqotda yoshlarni qiziqtirgan savollariga 3
sektor rahbari va mas’ullar tomonidan javoblar hamda huquqiy maslahatlar
berildi. Mazkur onlayn muloqot ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilib, fuqarolar
tomonidan bunday uchrashuvlar tez-tez o‘tkazib turilishi bo‘yicha takliflar
berildi hamda sektor rahbari tomonidan ushbu taklif qo‘llab quvvatlandi.
Migratsiyada bo‘lgan yoshlarning muammolarini aniqlab, bartaraf etish bo‘yicha
tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi. Yoshlar bilan muloqot
davomida 20 ga yaqin taklif va murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning yo‘nalishi bo‘yicha tegishli tashkilotga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.