27 Dekabr 2024 yil
1491
Yangi yil bayrami arafasida Nishon tuman ichki ishlar bo‘limi binosi to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilib, xodimlar ixtiyoriga topshirildi
Binoni rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlashda asosiy e’tibor xodimlar uchun qulay xizmat sharoitlarini yaratishga qaratildi. Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga mos holda mustahkamlanayotgani, bu o‘z navbatida yurtimiz tinchligi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan bu kabi yangilanish va islohotlar yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.