31 Yanvar 2025 yil 699

“ENG YAXSHI KITOBXON XODIMA”

Viloyat Yoshlar markazida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimalar ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimalari ishtirok etdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi tavsiya etilgan kitoblar doirasida kitobxonlik va kitob mutolasi borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tanlov uch bosqichdan iborat shartlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Tanlovning birinchi shartida qatnashchilar bilet tortish orqali ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi tavsiya etilgan badiiy asardan birining mazmun-mohiyatini aytib berishdi. Ikkinchi shartda tezkor savol-javob da ikkita savolga belgilangan vaqt asosida tezkor javoblarini berishi sinovdan o‘tkazildi. So‘nggi bosqich “men sevgan buyuk va mutafakkir adib” yo‘nalishida esa har bir qatnashchi tanlagan adibning hayoti va ijodini to‘liq bayon etib berdi.
Tanlov qatnashchilarning bilim darajasini aniqlashtirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar ham berib borildi.
Tanlovda to‘plagan umumiy ballari natijasiga ko‘ra, Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi JXX HPB XQMB katta isnpektori, kapitan Mashhura Mirzayeva g‘olib bo‘ldi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Qarshi shahar IIOFMB JXX HPB  va YOBIG katta inspektori, leytenant Mohinur Xudoynazarova va Koson tumani ichki ishlar bo‘limi JXX HPB  va YOBIG katta inspektori, leytenant Iroda Toshmurodova qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplomi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Endi musobaqa g‘olibi ko‘rik tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Text to speech