26 Aprel 2022 yil 551

Nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʼrsatish

Oʼzbekistan Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi 490-sonli “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʼrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi” qarori va Oʼzbekistan Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 28 sentyabr kunidagi 353-sonli “Voyaga yetmaganlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini tashkil etishda xujjatlarni yuritish tartibi toʼgʼrisida”gi buyrugʼi ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan yoʼl xaritasi ishlab chiqildi. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan shahar-tuman IIBlarida xizmat olib borayotgan katta inspektor -psixologlar hamda Voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʼyicha katta inspektor ishtirokida smenar trening tashkil etilib, masʼul xodimlar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.

Text to speech