28 May 2020 yil 750

Nafsiga qul firibgar

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar “Uychilik” MFYda yashovchi Q.Z 2020 yil 17 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaat qilib, murojaatida Shahrisabz shahar “Uychilik” MFYda yashovchi, “Uychilik” MFY masʼul kotibi vazifasida ishlovchi D.G 0-14 yoshgacha bolalar nafaqasini oʼzaytirib berishni vaʼda qilib, evaziga 300.000 soʼm berishni talab qilib, nafaqa pulini uzaytirib bermayotganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan. G.D, Z.Qning qayinsinglisi Shahrisabz shahar “Uychilik” MFYda yashovchi B.Nning ham ishonchiga kirib, unga 0-14 yoshgacha bola parvarishi uchun tayinlangan nafaqa pulini oʼzaytirib berishini vaʼda qilib, evaziga 181.000 soʼm berishni talab qilib, 11.04.2020 yil N.B.ning bank plastik kartochkasida boʼlgan 181.000 soʼm pullarini olib, oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan G.D.ga nisbatan Oʼz.R JK 168-m. 1-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech