Musobaqaga start berildi!
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʼquvchilari oʼrtasida sportning mini-futbol turi boʼyicha musobaqa oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 2021 yil 6 noyabr kunidagi 232-sonli farmoyishiga asosan musobaqaning dastlabki mintaqaviy bosqichi 23-noyabr kuni Qarshi shahridagi viloyat sport boshqarmasining sport kompleksida start oldi. Ushbu musobaqada IIVning Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo akademik litseylarining sportchi yoshlari ishtirok etishmoqda. Mini-futbol boʼyicha musobaqaning ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etildi. Musobaqalar belgilangan jadval asosida qizgʼin va shiddatli kurashlar ostida oʼtmoqda.