2 May 2024 yil
419
Musobaqaning tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
G‘uzor tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha 2004-2006 yillarda tavallud topgan o‘smirlar o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro qizg‘in bahslar asosida o‘tgan musobaqada qator jamoalar g‘oliblik uchun bor mahoratlarini ishga solib kurashdilar.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqada tumandagi “Chanoq” mahallasi yoshlari barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, peshqadam bo‘lishdi.
G‘olib jamoa tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyatining diplomi, qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Endi g‘olib jamoa musobaqa viloyat bosqichida ishtirok etadi.