Musiqa va san’at maktabida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Shahrisabz shahar Amir
Temur xiyobonida joylashgan Musiqa va san’at maktabining o‘qituvchilari va
o‘quvchilari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazishdi.
Uchrashuvda so‘z olganlar ishtirokchilarga
voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni
oldini olish, ularni sodir etilishiga imkon berayotgan sharoitlarni bartaraf
etish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida o‘z
fikrlarini bildirishdi. Yoshlarni chalg‘ituvchi norasmiy diniy oqimlar, ularni
o‘z domiga tortishga urinayotgan giyohvandlik illati inson kamolotiga,
imon-e’tiqodiga xavf-xatar solish bilan bir qatorda mustaqil mamlakatimiz
rivojlanishi va taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan
tushuntirishlar berildi.
Shuningdek,
uchrashuv davomida, qish faslining eng kutilgan bayrami Yangi yil yaqinlashgani
sari ko‘cha-ko‘yda pirotexnika vositalarini noqonuniy savdosi, bolalar
tomonidan turli pirotexnika vositalaridan foydalanish hollari ko‘payishi, uning
ayanchli oqibatlari uni mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish
taqiqlanganligi, bunday harakatlar uchun qonunlarda javobgarlik va jazo
choralari belgilanganligi profilaktik suhbat davomida ishtirokchilarga
tushuntirildi. Shu bilan birga uchrashuv davomida, turizm namoyish obyektlarida
madaniyat, ma’naviyat hamda axloq normalariga, tozalikka, shaxsiy gigiena
qoidalariga rioya qilishlari, xorijiy turistlar bilan xushmuomilada
bo‘lishlari, bundan tashqari, hududda o‘z xatti-harakati bilan shubha o‘yg‘otadigan kimsalar, yordamga
muhtoj mahalliy, xorijiy sayyohlar aniqlanganda, Xavfsiz turizmni ta’minlash
boshqarmasiga murojaat qilishlari yoki hududda xizmat olib borayotgan boshqarma
xodimlarini xabardor qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib,
ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham javoblar berildi.