7 Oktyabr 2021 yil 538

Muborak tumanida ishga kiritish bilan bogʼliq firibgarlik holati fosh etildi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.K. tanishlari orqali fuqaro J.ni “E.” kompaniyasiga ishga kiritib qoʼyish evaziga oldindan kelishilgan 1 000 АQSh dollarini firibgarlik yoʼli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.K. shu yoʼsinda yana 2 nafar fuqaroning 2 000 АQSh dollari va 10 mln soʼmini qoʼlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Text to speech