Muborak tuman IIBda “Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, favqulodda va salbiy holatlarni oldini olish – bugungi kun talabi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB MMI va KBTX hamda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va mas’ul xodimlari, tuman shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati
bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan
xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, xizmat vazifasiga taalluqli
bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik, xizmat va shaxsiy avtomashinalarni qonun
talabi doirasida boshqarish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat
kiyimini kiyish talablariga rioya etish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik
va O‘zbekiston Respublikasining 1008-son qonuni bilan IIO to‘g‘risidagi qonunga
kiritilgan o‘zgartirishlar va xodimlarga belgilangan ayrim cheklovlarga amal
qilishlari haqida ishtirokchilarga tushunchalar berdi.
Tadbirda so‘z olgan boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i
o‘rinbosari, podpolkovnik G‘ulom Isamov Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat
qilish muqaddas burch ekanligi, har bir xodim zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
bemamu ko‘st bajarishda intizom va kodeks talablariga rioya etishi lozimligini
ta’kidladi.
Shuningdek, IIV va viloyat IIB rahbariyati tomonidan yosh
xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, g‘amxo‘rliklarga javoban ular
Vatan xizmatiga kamarbasta bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.