Mirishkor tumanida 2024-yil g‘alla o‘rimi mavsumi uchun kombaynlar va texnikalarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB
boshlig‘i Abduvoxid Ismoilov, Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov,
viloyat hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzakov, viloyat prokurori o‘rinbosari
O‘ktam Yusupov va Milliy Gvardiyaning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi
boshlig‘i Umid Azizov, klaster va fermerlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasi
vakillari ishtirok etishdi.
Joriy yil 1101 ta fermer
xo‘jaliklari tomonidan 59 ming 803 tonna don o‘rib olish reja qilingan.
Shuningdek, 20 ta g‘alla o‘rim-yig‘im otryadlari tashkil etilib, 40 ta o‘rim
kombayn haydovchilariga avans pullari va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Tadbir davomida kombaynlar va texnikalarni ko‘rikdan
o‘tkazilib, yakunda jonliq so‘yildi va mavsum barokatli kelishi uchun Qur’on
tilovat qilindi.