Milliy gʼurur-maʼnaviy komillik mezoni
IIV Qorovul qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qism 4-batalʼonida juma “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni" shiori ostida “Milliy gʼurur-maʼnaviy komillik mezoni” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Koson tumanidagi 85-oʼrta maktabi oʼquvchilari, uyushmagan yoshlar, harbiy xizmatchilar ishtiroketdi.
Tadbirni batalьon komandiri mayor Nurbek Togʼaev ochib, jamiyat taraqqiyotida insonlarning odobi, tarbiyasi, xulqi va maʼnaviy kamolot darajasi muhim rol oʼynashini taʼkidladi. Qaerda maʼnaviy-madaniy, axloqiy kamolot yuksak boʼlib, maʼrifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yoʼlga qoʼyilsa, jamiyatning ijtimoiy adolat mezonlari tez rivojlangan. Odob, axloq, gʼypyp, or-nomus va uyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar oʼgiti bilan yoshlarga singdirilgan. Bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan oʼzini tuta bilgan, oʼz shaʼni, uyati, gʼururini himoya qila oladigan qilib tarbiyalash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi tadbirning maqsad-mohiyati ham aynan shunga qaratilgan.
Tadbirlar davomida harbiy xizmatchilar tomonidan oʼquvchi yoshlarga harbiylar hayoti va milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar toʼgʼrisida malumotlar berildi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan tadbir yakunida harbiy xizmatchilar, muddatli askarlar va oʼquvchilar oʼrtasida sportning shaxmat turi boʼyicha oʼrtoqlik musobaqasi uyushtirildi.