Mehr-saxovat - xalqimizga xos xislat
Xalqimizda mehr-oqibat, xayr-saxovat va
ezgulik kabi qadriyatlar azaldan ulug‘lab kelinadi. Ayniqsa, shu kezlarda
yurtimizda barcha Qurbon hayitining savobidan bahramand bo‘layotgan bir paytda
xalqimizning nogiron, o‘zgalar yordamiga muhtoj, boquvchisini yo‘qotganlarga
ko‘rsatayotgan mehr saxovatlilik xislatlari yanada sayqallanib, amalda yanada
yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Boshqa sohalardagi kabi Qashqadaryo viloyati
ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushmasi
qo‘mitasi xodimlari ham muborak Qurbon
hayiti munosabati bilan ichki ishlar organlarida xizmat qilib nafaqaga chiqqan
nogiron va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib
berishdi.
Bu kabi savob va xayrli tadbirlar viloyatning
shahar-tuman IIBlarida ham davom ettirilmoqda.