“Mehnat yarmarkasi”
Nishon tuman Kambag‘alikni qisqartirish va
bandlikni ta’minlash bo‘limida IIB JXX Probatsiya guruhi, Yoshlar agentligi
ma’sul xodimlari bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil
etildi. Unda nazoratda bo‘lim JXX Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar
va yoshlar ishtirok etishdi.
Dastlab, ishtirokchilar bilan belgilangan
qoida va tartiblarga rioya etish, halol mehnat bilan shug‘ullanish, qonunlarga
itoat etish borasida profilaktik suhbat olib borildi.
Tadbir yakunida “Bo‘sh ish o‘rinlari
yarmarkasi” mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ishtirokchilarning qiziqish va
iqtidori inobatga olinib, bir nafariga kasbga qayta o‘qitishga va bir nafariga
ishga joylashish uchun tashkilotlarga yo‘llanmalar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda