10 Fevral 2024 yil
376
"Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Yakkabog‘
tumani IIB JXX Probatsiya guruhida jazo o‘tab kelayotgan shaxslar hamda tuman
bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda "Mehnat yarmarkasi"
tashkil etildi.
Tadbir
jarayonida 4 nafar mahkumlar ishga
joylashtirildi. Bir nafar mahkum
"KOIKA" o‘quv markaziga o‘qish istagi borligini bildirganligi sababli
tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad qayta
nazoratdagi shaxslarning jinoyat sodir
etishini oldini olish va ularning bandligini ta’minlashdir.