14 May 2022 yil 328

Memorandum imzolandi

 

Qashqadaryo viloyati IIBda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, sohaviy xizmatlari shaxsiy tarkib bilan kengaytirilgan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Uni viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev ochdi.
Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallalarni qoʼllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul boʼlgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va oʼzaro hamkorligini taʼminlash maqsadida tuzilgan tizim zimmasiga oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlarini amlga oshirish vazifasi yuklangani taʼkidlanndi.
Tadbirda soʼz olgan viloyat hokimi oʼrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komila Karomova Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan viloyatda xotin-qizlar boshqarmalari tuzilganini aytib oʼtdi. Farmonga asosan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʼrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash, ogʼir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʼrsatish, mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan kasblar boʼyicha bilim va koʼnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʼyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam koʼrsatish darajasini oshirish tizim xodimlari zimmasiga asosiy vazifa etib qoʼyildi.
Yakunda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Oila va xotin-qizlar boshqarmasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Text to speech