7 Oktyabr 2021 yil
567
Mehmon oʼgʼri boʼlib chiqdi
Qarshi shahar “Shodlik” MFYda yashovchi А.А 2021 yil 24 sentyabr kuni viloyat IIBning “102” xizmatiga qoʼngʼiroq qilib, 2021 yil 23 sentyabr kuni Kasbi tumanida yashovchi S.O uning yashash xonadoniga tunab qolish uchun kelib, yashash uyida boʼlgan 4 dona har-xil turdagi telefon apparati va ularning hujjatlarini yashirin ravishda talon-taroj qilib ketganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 3-sonli IIB TB tomonidan S.O.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.