14 May 2022 yil 346

Matonat – imkoniyati cheklanganlar uchun imtiyozdir

       Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 4 may kunidagi

farmoyishiga asosan, Qashqadaryo viloyati IIBga biriktirilgan Qarshi shahridagi 18-sonli koʼrish boʼyicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʼquvchilari oʼrtasida “Matonat” sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvi tashkil etildi.
      “Inson qadri uchun” tamoyili asosida nogironligi boʼlgan shaxslarni qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan ilk bosqichi 1-4-sinf oʼquvchilari oʼrtasida tashkil etildi. Maktab-internatning 1-4 sinf oʼquvchilari oʼrtasida boʼlib oʼtgan musobaqalarning shaxmat turida Saydalixon Gʼulomov, shashka yoʼnalishida Faxriddin Shavkatov, yugurish musobasida Muxammad Bekmurodov va uzunlikka sakrash boʼyicha Dilshod Eshquvvatov gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.
       Musobaqaning ikkinchi bosqichi – 5-11-sinflararo oʼquvchilari oʼrtasida shaxmat turida Mirsaid Muborov, shashka yoʼnalishida Elyor Ikromov, yugurish musobasida Omad Eshtemirov, uzunlikka sakrash boʼyicha Xolbek Ulashov va kurash boʼyicha Sevinch Roʼzievalar gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.
       Maktab-intenatning oʼquvchilari orasida darsdan boʼsh vaqtlari badiiy kitoblarni mutolaa qilishni kanda qilmaydi. Аyniqsa, Xudoyberdi Toʼxtaboevning “Sariq devni minib”, “Sehrli qalpoqcha” asarlarini sevib oʼqiydi. Shu bois oʼquvchilar oʼrtasida oʼtkazilgan “Zukko kitobxon” tanlovida kichik sinflararo Mexrinur Аbdushukurova, yuqori sinfda Imona Dillaeva, sheʼrxonlikda esa Nurina Qayumova va Gʼaybulla Аbduraxmonov gʼolib boʼldi.
        Musobaqa gʼoliblariga viloyat IIBning gʼoliblik diplomi va estalik sovgʼalari topshirildi va gʼolib boʼlgan oʼquvchilarga respublika bosqichida ishtirok etish uchun yullanmalar berildi.

Text to speech