11 May 2022 yil 398

MАRD OʼGʼLONNING YORQIN XOTIRАSI MАNGUDIR!


Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligini taʼminlash jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan oʼtkazilgan tadbirlarda xizmat vazifasini bajarish vaqtida mardlarcha halok boʼlgan xodimlar hamisha faxr va gʼurur bilan xotirlanadi. Jumladan, ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib, xizmat vazifasini bajarish chogʼida halok boʼlgan viloyat IIB YHXB YPX inspektori katta serjant Аzizbek Аnnaqulov ham qisqa hayoti davomida mardlik va jasorat namunasini koʼrsatib, hayotdan koʼz yumdi.
Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan marhum Аzizbek Аnnaqulov taʼlim olgan Chiroqchi tumanidagi 4-oʼrta maktabda qahramonning byusti ochilishiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB YHXB va Chiroqchi tuman IIB, faollar va maktab oʼqituvchi va oʼquvchilari, marhumning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Dastlab maktab hovlisida marhum Аzibek Аnnaqulovning byusti ochildi. Soʼngra, tadbirda soʼz olgan viloyat IIB JXX YHXB boshligʼi polkovnik А.Sadirov xalqimizning tinchlik va osoyishtaligini koʼz qorachigʼidek asrash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni oldini olish borasida samarali xizmat qilib, jonini fido qilgan marhum Аzizbek Аnnaqulovning xizmat va hayot yoʼli haqida ishtirokchilarga atroflicha maʼlumot berdi. Boshqarma “Xotira monumenti”da uning nomi abadiylashtirilgani taʼkidlab oʼtdi.
Mard oʼgʼlonning yorqin xotirasi yodga olingan tadbirda maktab oʼquvchilari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlar oʼqildi.

Text to speech