7 Yanvar 2025 yil
594
MAHORAT DARSI
IIV Qashqadaryo akademik litseyida yanvar oyi “Jahon tarixi” oyligi doirasida “Arab musulmon davlatining yuksalishi” mavzusida akademik litsey o‘qituvchilari uchun Mahorat darsi o‘tildi. Unda Turon universiteti professori, tarix fanlari nomzodi dots.nt Asror Pardayev interfaol metodlardan foydalangan holda ilg‘or pedagogik metodlardan foydalanish, ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirish tartiblari, ilmiy maqolalar yozish, o‘quv qo‘llanma va ishlanmalar tayyorlash, o‘quv mashg‘ulotlarida noan’anaviy o‘qitish metodikasidan keng foydalanish haqida ma’lumotlar berdi.
Tashkil etilgan mashg‘ulot litsey o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirdi.