18 Noyabr 2024 yil
848
MANGU HILPIRAYVЕR VATAN BAYROG‘I
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Mangu hilpirayver Vatan bayrog‘i” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Vazirlik Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tantanali bayram tadbirida so‘z olganlar davlatimiz ramzlari haqida ma’lumot berib, xususan, O‘zbekiston bayrog‘ining yaratilishi, uning qadr-qimmati va ahamiyati haqida faxr bilan so‘zladilar.
Litseyning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan o‘qilgan bayrog‘imiz haqida she’rlar barchani xushnud etdi.