16 Aprel 2020 yil 897

Mahalla va oilalarni qoʼllab-quvvatlash

Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman IIB Xotin-qizlar masalalari boʼyicha katta inspektori Z.Kenjaeva, profilaktika inspektori А.Roʼziev, Tinchlik MFY raisi B.Аralov, mahalla xotin-qizlar bilan ishlash mutaxassisi M.Аlmosovalar hamkorlikda, Tinchlik MFYda yashovchi 1989 yilda tugʼilgan, mavsumiy ishchi N.Shermatov turli sabablar bilan turmush oʼrtogʼi, 1989 yilda tugʼilgan, uy bekasi D.Xamidovaga tazyiq va zoʼravonlik oʼtkazganligi holati yuzasidan profilaktik suhbat oʼtkazilib, kelgusida ushbu xolat qayta takrorlanishi, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqaro D.Xamidovaga 1 oy muddatga "Himoya orderi" rasmiylashtirib berildi. Fuqarolarga "Himoya orderi"ning mazmun mohiyati tushintirib oʼtildi.

Text to speech