16 Aprel 2022 yil 653

"Maʼanaviyat oyligi"da Qamashi tuman IIB xodimlari “Langar ota” ziyoratgohiga tashrif buyurishdi

Ichki ishlar organlarida oʼtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida sohaviy xizmatlar xodimlari vohadagi turli muzeylar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlarda boʼlib, osori atiqalarning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishmoqdalar. Jumladan, ana shu anʼananing davomi sifatida yaqinda Qamashi tumani IIB xodimlari ham “Langar ota” ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Tadbir ishtirokchilariga ziyoratgohning yaratilish tarixi, bu muqaddas joyda mangu qoʼnim topgan Islom olamining tarixiy shaxslari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbirda IIV va viloyat IIB MMI va KBTX masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Text to speech