Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan PQ-1-son qarorga muvofiq, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 2025-yilda ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu qaror asosida mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan yo‘l xaritalari va manzilli dasturlar tasdiqlandi. Bugun polkovnik Jumanov To‘lqinboy Sattorovich boshchiligidagi ishchi guruh Yakkabog‘ tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimligi binosida davlat organlari va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida har bir mahallada huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni kuchaytirish, yoshlarga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kengaytirish hamda xavfsizlikni ta’minlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi. Polkovnik Jumanov o‘z nutqida bu jarayonda jamoatchilik va davlat organlarining hamkorligi muhimligini ta’kidladi.