23 Yanvar 2025 yil
731
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashda yangicha ishlash mexanizmi joriy etilmoqda
Qarshi tumani hokimligida Respublika ishchi guruhi mas’ul xodimlari tomonidan sektor rahbarlari hamda boshqa mutassaddi rahbarlar ishtirokida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan yangi tizimni amaliyotga joriy etish bo‘yicha Prezident Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ishchi guruh tomonidan
tumanning Bog‘obod, Charag‘il, Jumabozor, Taxtapul, Kat, Quyi Beshkent
mahallarida mahalla yettiligi faoliyati, jamoat tartibini saqlash,
jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, qaror mazmun-mohiyati ishtirokchilarga
yetkazildi