30 Dekabr 2023 yil 831

Mahallada sayyor qabul

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov Nishon tumanida sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi. 

Tumandagi A.Qodiriy mahallasidagi maktabda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari asosini mahalla binosini ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minoti, qishloqlar ichki yo‘llarinishag‘allashtirish, davolanish uchun tibbiy yo‘llanma olish, talabalar kontrakt to‘lovini to‘lab berish kabi nafar fuqarolarning  murojaatlari qabul qilindi.

Qabulda fuqarolardan 12 murojaatlar tinglanib, barchasi o‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab etgani bois ish yurituvga olinib, mas’ullarga biriktirildi. Ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar ham berildi.  

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech