21 Yanvar 2022 yil 286

LITSEYDА OʼQUV SEMINАR-TRENING BOʼLIB OʼTDI


Oʼzbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida qishki taʼtil vaqtida oʼqituvchilarning oʼz ustida ishlash, taʼlim sohasidagi yangicha yondoshuvlarga tayangan holda dars mashgʼulotlarini sifatli va qiziqarli tashkil etishlarini taʼminlash maqsadida bir qator seminar-treninglar, mahorat darslari tashkil qilinmoqda. Jumladan, 2022 yil 21 yanvar kuni akademik litseyda Qashqadaryo viloyatidagi Prezident maktabi direktori, “ Global education ” oʼquv markazi rahbari Sardor Sodiqov hamda taʼlim muassasasi oʼqituvchilari ishtirokida “Oʼqituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish va xorijiy tillarni samarali oʼrgatish usullari” mavzusida seminar-trening oʼtkazildi.
Mashgʼulot jarayonida bugungi kun oʼqituvchilari oldida turgan asosiy talablar, intellektual salohiyati yuqori, dunyoqarashi keng, maʼnaviy yetuk, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida soʼz bordi. Shuningdek, oʼquvchilarning xorijiy tillarni oʼrganishga boʼlgan qiziqish va eʼtibori oshib borayotganligi, bu esa oʼz navbatida chet tili oʼqituvchilariga alohida masʼuliyat yuklashi, darslarni oʼqitishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda tashkil qilish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Text to speech