1 Avgust 2022 yil 252

Kun tartibida haftalik faoliyat tahlili

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan yaqinda Yakkabog‘ tuman IIB JXX HPB profilaktika (katta) inspektorlari bilan o‘tgan haftada amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB JXX HPB va tuman IIB rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirni Yakkabog‘ tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Umarov ochdi.

Haftalik amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda boshqarma JXX HPB ijtimoiy profilaktika bo‘limi boshlig‘i mayor M.Telyayev bo‘lim JXX HPB profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, mahallalarda ijtimoiy profilaktika borasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob va tahlil etdi. 

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatda kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlar muhokama etildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlab belgilab olindi.

Text to speech