“Ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot” ishlarini amalga oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Qashqadaryo
viloyati Mirishkor, Kasbi tuman IIB xodimlari o‘rtasida “Ekstremizm va terrorizm
g‘oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot” ishlarini amalga oshirishga bag‘ishlangan
uchrashuv o‘tkazildi. Unda boshqama Tezkor qidiruv xizmati, MMI va KBTX, faxriylar
kengashi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z
olganlar shaxsiy tarkibning diniy ekstremizm va terrorizmga oid bilimlarini boyitish
bilan birga xodimlar o‘rtasida ruhiy muhitni shakllantirish, xizmat intizomi va
qonuniylikni mustahkamlash borasida ham fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shundan so‘ng
boshqarma Tezkor qidiruv xizmati mas’ul xodimi tomonidan bugungi kunda jahonda faoliyat
yuritayotgan terroristik tashkilotlar, ularning maqsadi, amalga oshirayotgan harakatlari natijasida yuz berayotgan xunrezliklar
haqida ko‘rgazmali slayd namoyish etildi.
Yakunda jamoat
tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida ijobiy
natijalarni qo‘lga kiritgan xodimlar rag‘batlantirildi.