23 Aprel 2024 yil 399

“Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi”

Qashqadaryo viloyati G‘uzor va Dehqonobod tuman IIBlarida Vazirlikning 2024 yil 15 aprel kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  126-son farmoyishi ijrosi yuzasidan IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, boshqarma MMI va KBTX, “Faxriylar kengashi” mas’ullari ishtirokida shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya etilishini taminlash, xodimlar tomonidan poraxo‘rlik tamagirlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish bo‘yicha profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda bu boradagi boradagi omillarni keskin kamaytirish, qonunbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, uning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida rahbar xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi bo‘yicha fikr-mulohazalarni bildirishdi.

Bundan tashqari xavf guruhiga kiritilgan xodimlarning yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Tadbir yakunida favqulodda va salbiy holatlar yuzasidan tayyorlangan  “So‘ngi pushaymon iztiroblari” nomli videorolik namoyish  etildi.

Bu borada  ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech