22 Noyabr 2022 yil
583
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida
Ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 martdagi 56-sonli va viloyat IIB boshlig‘ining joriy yil 1-aprel kunidagi 67-sonli buyruqlariga asosan, xodimlar orasida korrupsion jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, ularda murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ishchi guruh a’zolari tomonidan Qarshi tumani IIBda intizom buzishga moyil xodimlarning xizmat xonasi va yashash sharoiti o‘rganildi. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tushuntirilib, tavsiya va tushunchalar berildi.