14 Aprel 2023 yil 225

“Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi”

Muborak tuman IIBda ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan  “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV mas’ul xodimi, viloyat IIB MMI va KBTX, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi va faxriylar kengashi a’zolari hamda Qarshi tuman IIB rahbariyati, shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Ko‘lami keng tadbirda so‘z olganlar shaxsiy tarkib o‘rtasida qonuniylikni mustahkamlash, xizmat intizomiga rioya etish, korrupsion xarakterdagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 12-19-aprel kunlari ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” e’lon qilinganini ta’kidlashdi.

Shaxsiy tarkib o‘rtasida tartib-intizom va qonuniylikni mustahkamlash borasida vazirlik va boshqarma rahbariyati tomonidan joylarga ko‘plab ko‘rsatma va topshiriqlar berib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, respublika miqyosida ayrim rahbarlarning nazoratsizligi va ta’sirchan choralarni ko‘rmayotganligi oqibatida xodimlar tomonidan qonunbuzilish va korrupsion holatlari sodir etilayotgani tanqid ostiga olindi.

Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida sodir etilgan korrupsion holatlar tanqidiy-tahlil etilib, bu kabi salbiy holatlarni sodir etgan sobiq xodimlarga ko‘rilgan jinoiy jazo choralari muhokama etilib, ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.

Bundan tashqari  turli suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlar ya’ni, tartib-intizom buzishga moyil xodimlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Kunlik yo‘riqnomalarda korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan tarkibiy xizmat xodimlarining korrupsiyaga qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida profilaktik ogohlantiruv choralari ko‘rilib, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”ning tegishli bandlarida belgilangan talablar yetkazilib, qattiq ogohlantirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan tadbirlarda IIO xodimlarining shaxsiy avtomashinalari hujjatlari ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yo‘riqnoma berildi. 

Ichki ishlar vazirligi  tomonidan tayyorlangan “Korrupsiya - jaholatga yo‘l” nomli maxsus videofilm  ishtirokchilarga namoyish etildi.

Text to speech