6 Dekabr 2024 yil 919

“Konstitutsiya bilimdoni”


Qashqadaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida yosh xodimlarni intellektual salohiyatini oshirish, bilim saviyasini yuksaltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz ikki yilligi bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda Qarshi shahar IIOFMB va shahar-tumanlarida xizmat qilayotgan ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yangilangan Bosh qomusimizda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari hamda boshqa kafolatlarni doimo o‘qib-o‘rganishi va yoshlarga o‘rgatish borasida tegishli tavsiyalar berildi.
Bosh qomusimizdagi inson-jamiyat-davlat munosabatlariga oid mustahkamlangan huquqlar va yangi kiritilgan o‘zgarishlarga oid tuzilgan savollarga zukkoligi va bilimdonligi bilan javob bergan G‘uzor tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Quvonchbek Salimov faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Kitob tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Jaloliddin Usmonov va Muborak tuman IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, leytenant Dilso‘z Ochilova band etishdi.
Tanlov g‘oliblari viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech