Ko‘kdala tuman IIBda "Intizom oyligi" doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Ko‘kdala tuman IIBda shaxsiy tarkib o‘rtasida
xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya etishni ta’minlash
maqsadida "Intizom oyligi" doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar xizmat
kiyimini kiyish tartibi, o‘z vaqtida ishga kelib ketish, spirtli ichimlik
iste’mol qilmaslik, turli onlayn qimor o‘ynamaslik, korrupsion holatlarga
murosasiz bo‘lish, fuqarolar bilan xushmuomalalikda faoliyat olib borish,
xizmat va shaxsiy avtomashinalarni barcha hujjatlari va maxsus vositalar bilan
to‘liq jihozlash lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi. Ayrim xodimlar
tomonidan qayta-qayta yetkazilib, ogohlantirishlarga qaramay hanuzgacha
tamagirlik holatlari kuzatilayotganligi yuzasidan profilaktik yig‘ilishda
ta’kidlandi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.