28 Avgust 2021 yil 374

Kitob tumanida 63 toʼp kannabis aniqlab olindi


Shu yilning 5 avgust kuni soat 08:10larda, “Qoradori-2021” tadbirining 2-bosqichi davomida, Kitob tumani IIB JQB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbirda tumanning “Yoʼldosh shaharcha” MFYda yashovchi I.G. ning yashash uyi hovlisi koʼzdan kechirilganida, hovlidagi yordamchi qurilishi tugallanmagan xoʼjalik xonasining ichki qismidajami 63 toʼp kannabis giyohvandlik oʼsimligini parvarishlab kelayotgani maʼlum boʼldi. Kannabis oʼsimligining nam holdagi 63 toʼp kannabisning ogʼirligi
14600,0 gramm tosh bosdi.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʼz R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech