25 Aprel 2024 yil 493

Kitob yarmarkasi

IIV Qashqadaryo akademik litseyida ichki ishlar organlarida bo‘lib o‘tayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada qatnashchilar o‘zlari va oila a’zolari uchun o‘zbek hamda jahon adabiyotining nodir asarlari, boshqa turli janrlarda chop etilgan kitoblarni sotib olib, litsey kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qildilar.

Text to speech