6 May 2024 yil 304

“Kasbim-faxrim”

IIV Qashqadaryo akademik litseyda “Xalq xizmatidamiz” va “Kasbim-faxrim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda so‘z olgan IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7533-harbiy qism qorovul boshlig‘i, serjant Ilxom Norov, 2-toifali nazoratchi,  kichik serjant To‘ymurod Xalimov, “Dovyurak jangchi” ko‘krak nishoni sohibi, Maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi katta mutaxassis o‘qchisi, kichik serjant Yo‘lchi Jo‘rayev va katta mutaxassis granatamyotchi-yordamchisi, kichik serjant Murod Oltiyevlar o‘quvchilarda vatanparvarlik, tanlagan kasbiga sadoqat, mardlik singari tuyg‘ularni kuchaytirish, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” degan shior asosida bilim olish lozimligini ta’kidlashdi. Yakunda o‘quvchilarga AK-74 avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha mahorat darsi o‘tildi.

Text to speech