30 Noyabr 2021 yil 374

Kasbiy tayyorgarlik oyligi

Joriy yilning 30 noyabrь kuni IIVning 2021 yil 9 noyabr kunidagi 238-sonli farmoyishiga asosan 7533-harbiy qismga qarashli “Qoʼngʼirtogʼ” harbiy dala oʼquv maydonida Qashqadaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi shaxsiy tarkibi "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida jangovar (PM, АKM. SVD) qurollardan amaliy oʼq otish boʼyicha mahorat mashgʼulotlari oʼtkazishdi.
Mashgʼulotlarda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jangovar boʼlinmalari bilan hamkorlikda shartli favqulodda holatlar, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, jinoyatlar, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oʼquv mashgʼulotida ishtirok etib, tajriba va mahoratlarini oshirishdi.

Text to speech