Kambag‘allikdan farovonlik sari
Koson
tumanida Prezidentimizning 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish
va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi
bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son qaroriga asosan viloyat
3-sektoridagi “Quyiobron” mahallalasida istiqomat qiluvchi og‘ir toifadagi
oilalarda viloyat ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid
Ismoilov tomonidan o‘rganishlar olib borildi.
Boshqarma
boshlig‘i fuqarolar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot qilib, oylik daromadi,
yashash sharoiti va bandligi hamda muammolarini o‘rgandi. Jarayonda
aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli choralar
belgilandi. Jumladan, ijtimoiy himoya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni
doimiy ish bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish, borasida mas’ullarga topshiriqlar
berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.