14 Oktyabr 2024 yil
580
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Farrux Tairov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘ziga biriktirilgan ijtimoiy ro‘yxatda turuvchi oilalarda xonadonma-xonadon yurib, o‘rganishlar olib bordi.
O‘rganishlarda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan ijtimoiy himoya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, imtiyozli kreditlar olib berish, kasbga o‘qitish borasida mas’ullar biriktirildi va manzilli choralar belgilandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.