30 Aprel 2021 yil
492
Juma - “Yoʼl harakati xavfsizligi targʼibot kuni”
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi
№701-sonli qaroriga muvofiq haftaning har juma kuni mamlakatimizda “Yoʼl harakati xavfsizligi targʼibot kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan Koson tumanidagi
9-sonli maktab oʼquvchilari oʼrtasida viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan targʼibot va tashviqot ishlari olib borilib, borlalarning yoʼl harakati qoidalari boʼyicha bilim va koʼnikmalari boyitildi.
Tadbirda koʼrgazmali qurollar asosida olib borilgan tushuntirish ishlari bolajonlarda katta qiziqish uygʼotdi.