7 Oktyabr 2021 yil
518
"Jentra" avtomashinasidan pul oʼgʼirlagan shaxs qoʼlga olindi
Dehqonobod tumani “Boʼston” MFYda yashovchi T.B TIIB ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 25 sentyabr kuni Dehqonobod tumani “Oʼzbekiston” MFYda joylashgan avtomoykada turgan oʼziga tegishli boʼlgan “Jentra” rusumli avtomashinasining ichida boʼlgan 500.000 soʼm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan oʼgʼirlab ketilganligini bildirgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni, Gʼuzor tumani “Gulshan” MFYda yashovchi I.А tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan 500.000 soʼm pul hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan I.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.