9 Dekabr 2021 yil 441

Yakkabogʼda «Tazyiq va zoʼravonlikka qarshi 16 kun» aktsiyasi oʼtkazildi

 

Yakkabogʼ tuman hokimligida "Tazyiq va zoʼravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida forum tashkil etildi. Tadbirda tuman Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, RMMM Yakkabogʼ tuman boʼlinmasi, tuman IIB, tuman FHDYo,tuman Tibbiyot birlashmasi, tuman Xalq taʼlimi, tuman Maktabgacha taʼlim boʼlimlari, kasb-hunar maktablari, mahalla fuqarolari yigʼinlari mutaxassislari va boshqa davlat va nodavlat tashkilot vakillari qatnashishdi. Oʼtkazilgan tadbirda zamondosh xotin-qizlarning turli yoʼnalishdagi muammolari, ular bilan sodir boʼladigan tazyiq va zoʼravonlik turlari, koʼrinishlari va oqibatlari, ularning haq-huquqlarini himoya qiluvchi qonun va qarorlar,tibbiy va psixologik koʼrsatmalar, shu bilan birga sogʼlom turmush tarzini targʼib qiladigan nazariy va amaliy koʼrsatmalar, kun tartibidagi mavzu yuzasidan videomateriallar namoyishi hamda taklif-mulohazalar eshitildi, oʼrganildi va muhokama qilindi. Qiziqarli va koʼtarinki ruhda boʼlib oʼtgan tadbir yakunida ishtirokchilarning takliflariga koʼra bu turdagi suhbat, trening va uchrashuvlarni har bir tashkilot, muassasa va mahalla fuqarolar yigʼinlarida tizimli ravishda oʼtkazib borishga kelishib olindi.

Text to speech