HISOBOT YIG‘ILISHI
Muborak tuman IIBda joriy yilning olti oyida amalga oshirilgan ishlar
tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyat IIB va
tuman IIB rahbariyati, tezkor va boshqa sohaviy xizmat vakillari ishtirok
etishdi.
Hisobot yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik
Isroil Ximmatov ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davrida tumanda
jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan
jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan
amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.
Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y
berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar
xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro
hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga
tushuntirildi.
Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlar belgilab olindi.