8 Oktyabr 2021 yil 468

Islohotlar samarasi. Fuqarolik olish orzusi ushaldi

 

Yangi Oʻzbekistonimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlardan qalblarimiz toʻla iftixor. Shunday islohotlar natijasida mamlakatimizda yashab kelayotgan deyarli minglab kishilar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlishdi. Koson tumanida yashovchi Doʻstova Gulsara Qurbonaliyevna ham shulardan biri.
Yurtdoshimiz Doʻstova Gulsaraga Koson tuman IIB M va FRB tomonidan idenfikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirilib berildi.
~ Muhtaram Yurtboshimiz bizlarga bunday bergan imkoniyatlardan juda ham bahtiyorman, - deydi u. ~ Yillar davomida shu jonajon Vatanda yashab, halol mehnatimiz bilan mazmunli hayot kechirib, koʻpdan yeoʻp ezgu maqsadlarga erishgan edim. Bugun eng katta orzum ushaldi
Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday ahamiyatga molik ishlar yurtdoshlarimizning yuksak marralarni zabt etish yoʻlida kuch va ilhom bagʻishlaydi.

Text to speech