2 Oktyabr 2021 yil
623
“Ishga marhamat”
Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida Shahrisabz tuman va shahar IIB, mehnat va aholi bandligini taʼminlash boʼlimi va boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida “Ishga marhamat!” tadbiri boʼlib oʼtdi. Unga Shahrisabz tuman va shahar IIB Probatsiya xizmati hisobida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolarni oʼtayotgan shaxslar jalb etildi.
Tadbirda nazoratda turgan shaxslarning ayrimlari ishga joylashgan boʼlsa, baʼzilariga kasbga qayta oʼqitish hamda malakasini oshirish boʼyicha tavsiyanomalar berildi.