Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Chiroqchi tumanida profilaktika inspektoriga faol qarshilik koʼrsatib qonuniy talablarini bajarmagan fuqaroga nisbatan Chiroqchi tuman prokraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.
2021 yil 28 avgust kuni soat 11:00larda Chiroqchi tumani IIB 4-son IIB XPG profilaktika inspektori leytenant B.Koʼpaysinovga bozorga kelgan “Mirzatoʼp” MFYda yashovchi fuqaro X.J qoʼngʼiroq qilib, Chiroqchi tumani Mirzatup qishlogʼida joylashgan, xaftaning xar shanba kuni boʼladigan “Uyshun” dexqon bozorida ikkita fuqaro oʼzaro janjallashayotganligini aytib murojaat qilgan.
Shundan soʼng ushbu bozorda xizmat olib borayotgan xududiy profitlaktika inspektori leytenant B.Koʼpaysinov holat boʼlayotgan joyga borganida Chiroqchi tumani Uyshun qishlogʼida yashovchi fuqaro B.D Chiroqchi tumani Аrabbandi qishlogʼida yashovchi fuqaro O.B bilan oʼzaro ogʼzaki tortishib janjallashib B.D janjal vaqtida O.B.ni yuz sohasiga urib tan jaroxati yetkazgan.
Ushbu bozorda profilaktik ishlarni olib borayotgan profilaktika inspektori leytenant B.Koʼpaysinov ushbu fuqarolarni oldiga borib ularni tinchlantirmoqchi boʼlganida fuqaro O.B profilaktika inspektoriga faol qarshilik koʼrsatib, oʼzini fuqarolar oldida nosamimiy tutib, IIB hodimining qonuniy talabiga buysunmasdan profiliktika inspektorini xaqorat qilib, egnidagi xizmat kiyimini tortib yirtib, unga tan jaroxati yetkazgan.
Xolat boʼyicha fuqaro O.B mastlik boʼyicha tibbiy tekshiruvdan oʼtkazilganida mastlik xolati aniqlandi.
Mazkur xolat yuzasidan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan O.B.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Аyni paytda Chiroqchi tuman prokraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.