2 Oktyabr 2021 yil 382

Qimorbozlar qoʼlga tushdi


2021 yil 29 sentyabr soat 00-10larda kuni Kitob tuman IIB JQB va HPB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida uyida qimor oʼyini tashkil etgan fuqaroning kirdikorlari fosh etildi.
Kitob tumani Navroʼz MFYda yashovchi fuqaro Sh.M. yashash uyida qishloqdoshlari S.T. va E.Sh.lar bilan birgalikda oʼrtaga pul tikib qimor oʼynayotgan vaqtida ushlandi. Qimorbozlardan qimorga tikilgan pullar va qimmatbaho buyumlar va ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech