4 Iyul 2024 yil 565

“Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba”

IIV Qashqadaryo akademik litseyida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida maxsus o‘quv kursi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Bosh prokuror, Fanlar akademiyasi, Huquqni muhofaza qiluvchi va IIV Akademiyasi o‘qituvchilari, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv kursida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Akademik Akmal Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning video murojaati tinglandi.

So‘ngra ishtirokchilarga “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”,  “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun- mohiyati”, “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar”, Qiynoqqa qarshi konvensiyaga Fakultativ protokoli. Qiynoqlarning oldini olishga oid milliy preventiv mexanizmlar: xalqaro tajriba va milliy amaliyot”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar” mavzularida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish va IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar o‘qishdi.

So‘ngra, ishtirokchilarning mavzu doirasidagi bilim va tajribalarnini boyitish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Maxsus o‘quv kursi mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Text to speech