20 Yanvar 2021 yil 631

IIV YHXBB binosidagi ilmiy-tadqiqot oʼquv markazida dastlabki oʼquv kursini boshlash marosimi boʼlib oʼtdi. Markazda dastlab viloyat YHXB rahbarlarining malakasi oshirilmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida rahbar xodimlarning malakasini, bilim-saviyasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishi zarurligi taʼkidlab oʼtildi.

2017 yil 11 iyuldagi “Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 8 yanvar kunidagi Farmoyishiga asosan, Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmatining rahbar xodimlarini huquqiy va kasbiy bilimlarini oshirish boʼyicha YHXBB tomonidan oʼquv kurslari tashkil etildi.

Joriy yilning 19 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʼl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi maʼmuriy binosida tashkil etilgan, ilmiy-tadqiqot oʼquv markazida dastlabki oʼquv kurslarini boshlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Marosimda Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari general-mayor А.Ikramov tomonidan birinchilardan boʼlib oʼquv kursini boshlagan hududiy YHXB rahbarlariga dastlabki yoʼriqnoma berildi.

Oʼquv kursi belgilangan reja-tartib asosida davom etib, mashgʼulotlarga oʼz sohasining yetuk mutaxassislari jalb etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu mashgʼulotlar bosqichma-bosqich barcha DYHXX xodimlari bilan tashkil etilishi rejaga kiritilgan.

Koʼzlangan maqsad - barcha DYHXX xodimlarini xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi oʼz kasbining mutaxassislari etib tayyorlash hisoblanadi

Text to speech